Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov davlat mukofoti olgan san’atkorlar haqidagi portal uchun qariyb 500 mln so‘m ajratish haqida buyruq imzoladi. Unga dastlab 10 nafar san’atkorning ma’lumoti kiritiladi. May oyida madaniyat markazlari veb-saytini yaratish uchun 530 mln so‘m ajratilgan, lekin sayt ishlamayapti.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mga ikkita «mobil sahna» sotib oldi. Ma’lum qilinishicha, ushbu xarid prezident qarori talablarini bajarish uchun amalga oshirilgan. «Asosiy maqsad — barchaga birdek madaniy hordiq chiqarish uchun shart-sharoit yaratish», — deyiladi vazirlik izohida.
Aprelda iftorlik vaqtida Madaniyat vazirligi xodimlari o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgandi. O‘shanda ulardan biri oshxona pichog‘i bilan hamkasbini jarohatlab qo‘ygandi. Sud ayblanuvchini 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Madaniyat vaziri o‘rinbosari Olimjon Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini bunga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul xodim sifatida ishlagan Murodjon Majidov egalladi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov vazirlik xodimlari ish faoliyati davomida do‘ppi kiyishni rejalashtirganini ma’lum qildi. U buni qadriyatlarni hayotga qaytarish deb atab, barcha soha xodimlarini mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Foto.
Madaniyat vazirligi TikTok Fest konserti yuzasidan munosabat bildirib, u yoshlar ongi va dunyoqarashiga salbiy ta’sir qiladi, deb hisoblashini ma’lum qildi. Qolaversa, bu kabi konsertlarga vazirlik emas, balki IIV va hokimiyat mas’ul ekani aytildi. Ëshlar ishlari agentligi esa konsert dasturi bekor qilinganini qayd etdi.
Madaniyat vazirligi aktrisa To‘ti Yusupovaning o‘limi haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi. «Ayni paytda san’atkorning ahvoli yaxshi», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan Bahodir Ahmedov Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Madaniyat vazirligi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldidagi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilgani yuzasidan munosabat bildirdi. Vazirlik konsert dasturining hamkori ekanligi va faqat sahnadagi jarayonlarga javobgar ekanligini aytdi. Madaniyat vazirligi milliylik va til targ‘ibotini amalga oshirganda, ularni keng ommaga majburlab yoki keskin tanqid ruhida emas, balki namuna ko‘rsatgan holda yetkazish lozimligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Madaniyat vazirligi «Turkiston» san’at saroyi binosiga ko‘chiriladi.
Madaniyat va san’at sohasidagi 170 dan ortiq davlat ob’ekti faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi.
Xiva shahrida joylashgan Tosh hovli saroyining devori «Surgut neft stroy» pudratchi xususiy korxonasi tomonidan buzilganligi aniqlandi. Ushbu loyiha Ilmiy-ekspert kengashiga kiritilmaganligi va saroyda loyihasiz ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilganligi ma’lum bo‘ldi.
Toshkentdagi «G‘afur G‘ulom» nomli istirohat bog‘i o‘rniga turar-joy majmuasi qurilishi haqidagi xabarlar rad etildi. Madaniyat vazirligi hozirda bog‘ hududida rekonstruksiya ishlari olib borilayotganini, jumladan, yengil konstruksiyali inshootlar buzilayotganini ma’lum qildi. Eskirgan attraksionlar ham demontaj qilinadi.
«Kiberxavfsizlik markazi» DUK direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Olimjon Mirzayev madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Madaniyat vazirligi san’atkorlarning karantin qoidalarini buzgan holda to‘y o‘tkazganiga izoh berar ekan, ularning shaxsiy ishlariga aralashish vakolatiga ega emasligini ma’lum qildi.
«Shum bola» va «Suyunchi» filmlarida bosh rollarni ijro etgan aktyor Abdurayim Abduvaxobov 57 yoshida olamdan o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting